BALANOFORALAR

BALANOFORALAR (Balanophorales) — ikki pallali o’simliklar tartibi, o’simliklar ildizida parazitlik qiladigan etdor o’tlar. Gullari mayda, bir jinsli yoki poligam, to’shulda joylashgan. Urug’i endospermli. Mevasi yong’oqsimon yoki danaksimon. 2 oplaga bo’linadi. Tsinomorsimonlar (Cynomoriaceae) oilasi bitta turkum va 2 turni o’z ichiga oladi, shu jumladan jungor tsinomori (Cynomorium songaricum) Markaziy Osiyoda tarqalgan. Balanoforadoshlar (Balanophoraceae) oilasiga 18 turkum, 120 ga yaqin tur kiradi. Tropik va qisman subtropik mintaqalarda, asosan nam tropik o’rmonlarda tarqalgan. Boshqa parazitlar singari Balanoforalar organlari ham juda soddalashgan: barglari tangachasimon yoki bo’lmaydi, ayrim turkumlari gullarining gulyon-barglari rivojlanmagan. Balanoforalar gullari rangli kolba yoki shar shaklida bo’lib, tuproq yuzasiga chiqib turadi. Ba’zi turlari sham uchun ishlatiladigan mumsimon qatronga, boshqalari kraxmalga boy bo’ladi.