Balchiqli vulkanlar

Balchiqli vulkanlar — vaqt-vaqti bilan balchiq, qaynoq suv, gaz va kam miqdorda neft mahsulotlarining aralashmasi chiqib turadigan vulkanlar. Bu suyuqliklar vulkan konuslarining yonbag`rida asta-sekin qotadi; uzunligi 10-20 km, qalinligi 5-30 m, kengligi bir necha yuz metrgacha bo`ladi. Balchiqli vulkanlardan metan, is gazi, karbonat angidrid, azot va boshqa gazlar chiqib turadi. Ozarbayjon, Turkmanistonda, Kuban, Taman, Kerch, Kamchatka yarim orollarida balchiqli vulkanlar bor. Neft va gaz konlarini topishda, tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda balchiqli vulkanning ahamiyati katta.