BALL
BALL (Fransuzcha balle — soqqa, shar) — raqam bilan ifodalangan baho. Biror hodisaning (masalan, shamolning) tezligini, o’quvchilarning bilimi va ahloqini, ayrim sport turlarida musobaqalar natijasini, chorva mollarining sifatini (ko’rgazmalarda) muayyan daraja buyicha baholashda shartli birlik sifatida qo’llaniladi. O’zbekistondagi maktablar va O’rta maxsus o’quv yurtlarida 5 Ballli, oliy o’quv yurtlarida 4 Ballli tizim qabul qilingan. Shuningdek, mamlakatimizning o’rta, o’rta maxsus va oliy maktablarida ko’p Ballli (reyting) tizimi ham joriy etilgan.