BAMAK
BAMAKO—Mali respublikasining poytaxti (1960 yildan). G’arbiy Afrikada, Niger daryosi bo’yidagi port. Aholisi qariyb 900 ming kishi (1995). Mamlakatning asosiy sanoat markazi. Sanoatining asosini yengil, oziq-ovqat sanoati (go’sht, o’simlik moyi, mineral suvlar ishlab chiqarish) tashkil etadi. Shaharda elektr stantsiyasi, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilik (to’quvchilik, fil suyagi va yog’ochdan turli buyumlar yasash) rivojlangan. Muhim transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga eta. Bamakoda maktab, litsey va kollejlar, maxsus bilim yurtlari, milliy tasviriy san’at, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Bamakoni 1882 yilda (u vaqtda Bamako qishloq bo’lgan) Frantsiya qo’shinlari bosib olgan. 1920 — 58 yillar Frantsiya Sudani, 1958 — 60 yillar Muxtor Sudan Respublikasi ma’muriy markazi bo’lgan. 2 ta muzey va shahar atrofida 14 — asrda qurilgan masjid bor.