BANDAJ
BANDAJ (Fransuzcha bandage — belbog’) — qorin devori churralarida, churra darvozasini bekitish, qorin devori haddan tashqari cho’zilib ketishining oldini olish yoki ichki a’zolarni maromida tutib turish uchun bog’lab yuriladigan maxsus kamar, belbog’. Davo va profilaktik Bandajlar — qorin usti Bandaji., homiladorlikda va tug’ruqdan keyin taqiladigan Bandaj, shuningdek churra Bandaji farq qilinadi. Profilaktik Bandaj homiladorlik va tug’ruqdan keyin ayniqsa muskullari bo’shashib qolgan ayollarda (homiladorlik va tug’ruqdan keyingi Bandaj) qorin devorining haddan tashqari cho’zilib ketishi kuzatilganda, shuningdek qorin bo’shlig’idagi operatsiyalardan keyin qorin devori churrasi hosil bo’lishining oldini olish maqsadida tavsiya etiladi. Ichki a’zolar, mas, me’da-ichaklar, buyraklar xiyla pastga tushib qolganda vrach tavsiyasi bo’yicha davo Bandajidan foydalaniladi. Bandajni vrach nazorati ostida churra bandaji (o’ng chov churrasi uchun): 1 — prujinaga o’rnatilgan moslama; 2— son ostidan o’tadigan tasma tanlanadi. Bandaj taqqanda bichilish, qisilish va boshqa noxush hollar kuzatilsa, uni bog’lamaslik hamda vrachga murojaat qilish tavsiya etiladi.
BANDAJ (texnikada) — mashina detallari yoki konstruktsiyalarning puxtaligi va chidamliligini oshirish maqsadida ularga kiygiziladigan metall halqa. Masalan, vagon va Lokomativ g’ildiraklariga qizdirib kiygiziladigan po’lat to’g’in.