BANDI KUSHOD MASJIDI

BANDI KUSHOD MASJIDI — Qashqadaryo viloyati Kosonsoy tumanidagi me’moriy yodgorlik (taxminan 16 — asr). Paxsadan, to’g’ri to’rtburchak tarhli (15,1 x 12,4 metr), tomi 6 gumbaz (diametri 2,5 — 2,9 metr) li. Sharqiy tomonga qaragan bosh tarzi sodda, ayvonli. Masjid xonaqohi (15×9 metr) ikki ustunli, bezaksiz. Devori ichkari va tashqaridan somonli loy bilan suvalgan. Masjid o’rta asrlardagi qishloqqa xos bino namunasi sifatida muhim. Bir necha marta ta’mir qilingan, dastlabki bezaklari saqlanmagan.