BANISUEYF

BANISUEYF (Arabcha Banisuvayf) — Misrdagi shahar. Banisueyf muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 174 ming kishi (1991). Nilning chap sohilidagi port. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik rayonining (paxta, shakarqamish, donli ekinlar, xurmo) savdo markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, paxta tozalash, ip-yigiruv, yog’-moy sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.