BANK

BANK — vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini bir joyga to’plash va kimda bu pullarga vaqtinchalik muhtojlik bo’Isa, ularga kredit sifatida berish bilan shug’ullanuvchi kredit-moliya muassasasidir. Bank faqatgina xo’jalik tashkilotlarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini bir joyga to’plash bilan cheklanib qolmay, balki aholining qo’lida ham vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jamg’arma banklarida omonat sifatida to’plab, ulardan kredit resurslari sifatida foydalanadi. Bank vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini omonat sifatida qo’yuvchilarga ma’lum miqdorda foiz to’lab, undan kredit olganlardan yuqoriroq foiz stavkasi oladi. Ular o’rtasidagi farqdan bank foydasi hosil bo’ladi. Bankning amalga oshiradigan ishlarini ikki turga ajratish mumkin: birinchisi — bank resurslarini tashkil qilish, ya’ni sust ishlar; ikkinchisi — bu resurslami joylashtirish va ulardan foydalanish, ya’ni faol ishlar hisoblanadi.