BANK KREDITI
BANK KREDITI — banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi. Banklar qaytarishlik, bank foiz to’lovi va muddatlilik shartlarida o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan kreditlar beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, ko’chmas mulkni garovga olish, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari bor.