Banka
Banka — dengiz tubining ko`tarilgan qismi, dengizning sayoz joyi. Ayrim sayoz bankalar kemachilik uchun xavflidir. Bankada odatda, baliq ko`p bo`ladi. Shimoliy dengizdagi Dogter bankasi. Bankalar quruqlikning asriy tebranishi, vulkanlar otilishi, marjon hosilalar dengiz to`lqinlarining qirg`oqqa urilishi natijasida hosil bo`ladi.