BANKIRLAR UYI

BANKIRLAR UYI — ayrim banker yoki bankirlar guruhiga tegishli xususiy bank korxonalari; odatda ma’suliyati cheklanmagan shirkat tarzida faoliyat yuritadi. Ularning ko’pchiligi moliya guruhlari va bank kontsernlariga kirgan bo’ladi. Dastlab Italiyada 14-asrda sudxo’rlikning rivojlanishi negizida paydo bo’lgan, savdo va bank operasiyalarini bajarishga xizmat qilgan. Keyinchalik bank ishi bilan shug’ullanish asosiy mashg’ulotiga aylandi.