BANORAS

BANORAS (Hindistondagi Banoras shahri nomidan) — tanda ipi shoyi, nimshoyi, arqog’i ipdan to’qiladigan pishiq mato, to’qilishi beqasamga o’xshash. Beqasamdan faqat gullari bilan farq qiladi. Banoras, asosan, kumush rang oq tusli bo’lib, uni zo’rg’a ko’rinadigan qoramtir yo’llar kesib o’tadi. Banorasning asl vatani Hindiston, Buxoro, Qo’qon, Samarqand, Namanganda ham qadimdan to’qiladi. Namangan Banoraslarining kumush rang oq tusdan tashqari och pushti, sariq, yashil tuslilari bo’lib, ular ham g’oyat ko’rkam. Banorasdan to’n, nimcha, kamzul kabi milliy kiyimlar tikiladi. Namangan shoyi to’qish fabrikasida ham Banoras ishlab chiqariladi.