BANSKA-BISTRISA

BANSKA-BISTRISA — Slovakiyadagi shahar, Gron daryosi bo’yida. Aholisi 73 ming kishi (1984). Temir yo’l tuguni. Mashinasozlik (stanoksozlik), elektrotexnika, rangli metallurgiya, kimyo-farmatsevtika sanoati; yog’ochsozlik, tsement, to’qimachilik (asosan jun gazlama) va oziq-ovqat korxonalari bor. Gitler bosqinchilariga qarshi Slovakiya milliy qo’zg’oloni markazi (1944 yil) bo’lgan. Gotika cherkovi (13 — asr), Ratusha (16 — 17-asrlar) saqlangan. Xalq teatri bor.