BANTING

BANTING (Banting) Frederik Grant (1891.14.11, Allison, Ontario — 1941.22.2, Nyufaundlend) — kanadalik fiziolog. R. Makleod va boshqalar bilan hamkorlikda me’da osti bezining gormonal funktsiyasi ustida tadqiqot olib borgan, birinchi bo’lib insulin gormonini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1923, R. Makleod bilan birgalikda).