BANTU
BANTU — Markaziy va Janubiy Afrikadagi xalqlar guruhi (eng yiriklari — Ruanda, makua, shona, Kongo, Malavi, rundi, zulu, kosa va boshqalar). Umumiy soni 200 millionga yaqin kishi (1992). Bantu tillarida so’zlashadi. Tub joy aholi (pigmeylar, koysan tillarida so’zlashuvchi qabilalar) bilan assimilyasiyalashib keng tarqalgan (miloddan avvalgi 1-ming yillikdan boshlab 19-asrgacha).