BAOTOU
BAOTOU — Xitoydagi shahar, Ichki Mongoliya Muxtor rayonida. Xuanxe daryosi bo’yida joylashgan. Aholisi 984 ming kishi (1991). Yirik transport yo’llari tuguni. Xitoyning og’ir sanoat, jumladan qora metallurgiya sanoati markazi. Yirik metallurgiya majmuasi toshko’mir va temir rudasining mahalliy zaxirasi hisobiga ishlaydi. Qurilish mashinasozligi, energetika va oziqovqat sanoati korxonalari bor.