BARABA PASTTEKISLIGI

BARABA PASTTEKISLIGI (Baraba Dashti) — G’arbiy Sibir pasttekisligining Janubiy qismida. Maydoni 117 ming kilometr kvadratga yaqin. Yer yuzasi bir oz o’rqir tekislik, balandligi 100 — 150 metr. Baraba pasttekisligida qator tepaliklar — «grivalar» uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 19°, — 2 gradus, minimal temperatura — 54°, yoz qisqa va issiq, iyulning o’rtacha temperaturasi 17 — 19°, maksimal temperatura 38°. Vegetatsiya davri 150 — 160 kun. Daryolari Om daryo sistemasiga va chana ko’llari havzasiga mansub; daryolarning ko’plari bahorda oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Qator tepaliklar orasidagi chuqurliklarda 2000 dan ortiq kattakichik chuchuk hamda sho’r ko’llar (chana, Sartlan va hokazolar), botqoqliklar bor. Baraba pasttekisligida qora tuproq va botqoq tuproqlar keng tarqalgan; sho’rxok va sho’rtoblar ko’p. Dashtning shimol qayinzor va sfagnum botqoqlari bilan, Janub qayinzorlar va o’tloqdasht o’simliklari bilan qoplangan. Baraba pasttekisligining ko’p yeri ekinzorlarga aylantirilgan. Baraba pasttekisligi — G’arbiy Sibirning muhim sut chorvachiligi va dehqonchilik (bahori bug’doy, suli, javdar, arpa, makkajo’xori, tolali zig’ir ekinlari) rayonlaridan biri.