Baraka personaji haqida

Baraka — Jon Tobias hamda Ed Bun tomonidan o’ylab topilgan personaj bo’lib, 1993-yil «Mortal Kombat» o’yinida ilk bora ko’rinish bergan. ?

?Mortal Kombat: New Era syujetiga ko’ra Baraka o’z oilasi bilan tashqi dunyodagi Edeniyada baxtli hayot kechirayotgan savdogar edi. Keyin esa Baraka davosi yo’q bo’lgan Tarkat bilan kasallanadi hamda qo’nxor mutantga aylanadi. Tarkat bilan kasallanganlar alohida koloniyada yashar, ularga esa Baraka sardorlik qilar edi. Har oyning boshida ushbu koloniyaga Shan Tsung kelib, tarkatdan aziyat chekkanlarning orqa miya suyuqligidan tajribalar uchun olib ketar edi. Master Lyu Keng tomonidan Kenshi, Jonni Keyj hamda Kung Laoga Shan Tsungni tiriklayin olib kelishni buyuriladi. Shan Tsung Barakaning koloniyasiga hujum qilayotgan paytda yuqoridagi uchovlon buni ko’rib qolishadi va hamma voqealar aynan shu yerdan boshlanadi.

?Baraka franshizaning deyarli barcha qismlarida antogonistlarning xizmatchisi bo’lib ishlaydi.Kasallik sabab tanasidan o’sib chiqqan qattiq o’simtalar yordamida jang qiladi. Qolaversa Baraka Sindellning tong’ich qizi Melenani sevar edi. Chunki Melena ham tarkat kasalligidan aziyat chekar edi. Franshizada Barakaning personal raqibi sifatida Kung Lao ?gavdalanadi. Baraka o’zining tashqi qiyofasi hamda fatalitylari sabab ko’plab foydalanuvchilarning sevimlisiga aylanishga ulgurgan.

?GameDaily nashriga ko’ra Baraka eng badbashara personajlar ichida 3-o’rinni, sochi yo’q personajlar ichida 11- o’rinni band qilgan.

?GamePlayBook nashrining eng yaxshi Mortal Kombat personajlari ro’yxatida Baraka 4-o’rinni egallagan.

?Baraka o’zining Fatalitysi sabab Nintento Power Awards mukofotida uchun nomzod bo’lgan hamda 3-o’rinni egallagan.