BARBOS G’O’ZASI

BARBOS G’O’ZASI (Gossypium barbosanum Phill. et Clem.) — yovvoyi g’o’za turi. Birinchi marta Klement va Fillipslar tomonidan ta’riflab berilgan (1963). Vatani Yashil Burun orollari. Barbos g’o’zasi —tik o’sadigan ko’p yillik buta, bo’yi 1-2 metr. Barg plastinkalari kertikli, 5-7 bo’lmali, tuxumsimonoval shaklda. Gulbarglari och sariq, asosida to’q qizil dog’lari mavjud. Ko’saklari Z — 4 chanoqli, uzunchoq, qora smola bezchalar bilan qoplangan. Har bir chanog’ida 6 millimetrgacha uzunlikdagi qo’ng’ir tuklar bilan qoplangan 4 — 6 mayda chigiti bor. Biologik xususiyatlari yaxshi o’rganilmagan.