BARCHA TURDAGI IQTISODIY FAOLIYATLARNI XALQARO ANDOZALAR ASOSIDA TASNIFLASH
BARCHA TURDAGI IQTISODIY FAOLIYATLARNI XALQARO ANDOZALAR ASOSIDA TASNIFLASH — makroiqtisodiy statistikaning muhim tasniflaridan biri hisoblanadi. Bunday tasniflash birligi qilib alohida korxona yoki muassasa olinadi va ular ishlab chiqarayotgan mahsulot yoki xarajatlar tarkibi, yoxud qo’yilayotgan texnologiyalari bir xil bo’lgan taqdirda ayrim tarmoqlarga birlashtiriladi.