BARELEF
BARELEF (Fransuzcha bas-relief — past relef) — bo’rtma tasvir; haykaltaroshlikda relef turi. Zamin (fon) sathidan bo’rttirib ishlangan tasvir asli shaklining yarmidan ortmasa (masalan, tanga, nishon yuzasiga ishlangan tasvirlar) Barelef deb ataladi. Barelef me’moriy inshootlar bezagi va bezak san’ati asarlarida keng tarqalgan, shuningdek haykal o’rnatiladigan taglik, supa (postament), stela, yodgorlik lavha va boshqalarda keng qo’llaniladi.