BARGUZIN QO’RIQXONASI
BARGUZIN QO’RIQXONASI – Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasidagi biosfera qo’riqxonasi. Barguzin tizmasining g’arbiy yon bag’rida. Barguzin qo’riqxonasi Baykal ko’lining shimoliy-Sharqiy sohili va ko’l suvining bir qismini o’z ichiga oladi. Maydoni 374,3 ming gektar, ko’l akvatoriyasi maydoni 150 ming gektar. Barguzin soboli (kish) ni qo’riqlash va sonini ko’paytirish uchun 1916 yil tashkil etilgan. Barguzin soboli, Maral (Sibir bug’usi), kabarga, qo’ng’ir ayiq, tosh karquri va boshqalar, kulning qirg’oqqa yaqin joylarida nerpa yashaydi. Tog’ tilog’och va igna bargli qora o’rmonlar (qora qarag’ay, oq qarag’ay, kedrli sibir qarag’ayi), tog’tundrasi va yalang tepalar keng tarqalgan.