Barimta, Baranta

Barimta, Baranta (turkcha)-ko’chmanchi qabilalarda bir uruqqa boshqa bir urug’ tomonidan yetkazilgan zararni to’lashga yoki tahqir qilingan tomonning izzat-nafsini qondirishga majbur etish maqsadida garov tariqasida uning mollarini qurolli yo’l bilan haydab ketish yoki mol-mulkni bosib olish odati. Masalan, qozoqlarda javobgar tomon jarima to’lashdan bosh tortgudek bo’lsa, biylar sudi tomonidan Barimta haqida qaror chiqarilgan.