BARIY SULFAT

BARIY SULFAT, BaSO4 — tuz, rangsiz kristall modda. a-(1150° gacha turg’un) va E-(1150° dan 1580° gacha turg’un) modifikatsiyalari ma’lum. Zichligi 4500 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 1580°. Suvda juda oz (18° da 1 l da 2 mg), kontsentrlangan sulfat kislotada esa yaxshi eriydi. Tabiatda barit minerali holida uchraydi. Yelim, rezina, linoleum, qog’oz, fotoqog’oz ishlab chiqarishda, qog’ozni oqartirishda, litopon (oq bo’yoq) olishda, neft quduqlarini burg’ilashda qo’llaniladigan og’ir suyuqlik tarkibida va boshqalarda ishlatiladi. Bariy sulfat rentgen nurlarini yaxshi yutadi, shuning uchun me’da-ichaklarni rentgen apparatida tekshirishdan oldin bemorlarga Bariy sulfat ichiriladi.