BARKISIMETO
BARKISIMETO — Venesuela shimoli-g’arbidagi shahar. Lara shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 724 ming kishi (1990). Temir yo’l stantsiyasi. Qishloq xo’jalik rayonining savdo-transport markazi. Oziq-ovqat (shakarqand va boshqalar), to’qimachilik, tsement, ko’n poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Shaharga 1552 yilda asos solingan.