Barmoq

Barmoq-qadimgi uzunlik o’lchov birligi (XVIII asr); O’rta Osiyoda ishlatilgan. O’rta barmoqning o’rta bo’g’ini eniga teng uzunlik. 1 Barmoq 2,078-2,28 santimetrga teng, uni yaxlitlab 2,25 ga teng deb qabul qilish mumkin. Ba’zi adabiyotlarda angusht va asba (Barmoq kengligi) ko’rinishida ham uchraydi.