Barometr
Barometr (baros – og`irlik, metreo – o`lchayman) — atmosfera bosimini o`lchaydigan asbob. Meteorologik stansiyalarda keng tarqalgan simobli barometr uzunligi 1 metrga yaqin keladigan bir uchi berk shisha naydan iborat. Nayga simob to`ldirib, simobli metall kosaga to`ntarilsa, shisha naydagi simob ustunining bosimi tashqi atmosfera bosimi bilan muvozanatlashguncha naydagi simobning ma’lum qismi metall kosaga to`kiladi. Shisha naydagi simob ustida bo`shliq (Torichelli bo`shligi) hosil bo`ladi.