BARONIY ZIYOVUDDIN

BARONIY ZIYOVUDDIN (1285 — 1356) — tarixchi; Dehli sultoni Muhammad Tug’loq saroyida yashab, ijod qilgan. Baroniyning «Tarixi Firuzshohiy» asari sultonlikning 1265 yildan 1356 yilgacha bo’lgan tarixiga oid. Asar shaxsiy kechinmalar asosida yozilgan bo’lib, qimmatli manbalardan hisoblanadi.