BAROT XOJA KO’KALTOSH

BAROT XOJA KO’KALTOSH (7- 1393) — Amir Temur beklaridan. 1366— 70 yillar orasida amir husaynbegi, u Amir Temurdan yengilgach, ko’pchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga o’tgan va qo’shin begi vazifasini bajargan. «Uch yillik yurish» (1386-88) paytida Barot Xoja Ko’kaltosh bir necha amirlar bilan birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. To’xtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387 yil oxiri — 1388 yil boshi) Barot Xoja Ko’kaltosh sustkashlik ko’rsatgani bois, Amir Temur 1388 yil Fevralda safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-mo’ylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq Barot Xoja Ko’kaltosh keyingi faoliyati bilan o’zini to’la oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392 yil bahorida g’aznaviylarning «G’azni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha» bo’lgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida Barot Xoja Ko’kaltoshni ham bergan. «Besh yillik yurish» paytida, 1393 yil iyulida G’arbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok bo’lgan. Ashraf Ahmedov.