BARRANKILYA

BARRANKILYA — Kolumbiyaning shimoli- g’arbidagi shahar, Atlantiko departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 1,35 million kishi (1985, shahar atrofi bilan). Magdalena daryosi bo’yidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, tsement, poyabzal, to’qimachilik, metallsozlik va kemasozlik sanoati korxonalari mavjud. Barrankilya porti orqali chetga kofe, teri, neft mahsulotlari chiqariladi. Xalqaro aeroport, universitetlar bor. Shaharga 1629 yilda asos solingan.