BARSHCHINA
BARSHCHINA, boyarshchina — barin [(boyar) ga tekinga ishlab berish] — o’rta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasiga qaram krepostnoy dehqonni o’z mehnat qurollari bilan yer egasi xo’jaligida haq olmay bajaradigan majburiy mehnati. G’arbiy Yevropada Barshchina 8 — 9-asrlardan tarqalgan, 12 — 13-asrlardan obroklar tomonidan siqib chiqarilgan va 14 — 15-asrlarga kelib yo’q bo’lib ketgan. Sharq mamlakatlarida Barshchina keng tarqalmagan. Rusda Kiyev Rusi davlati paytida paydo bo’lgan. Rossiyaning Yevropa qismida 16-asr 2-yarmi — 19-asr 1-yarmida keng tarqalgan. Yuridik jihatdan rasman 1882 yil bekor qilingan bo’lsada, 1917 yilgacha davom etgan.