BARSTERLAR
BARSTERLAR — muayyan davr bilan rentgen diapazonida chaqnab turuvchi yulduzlar. Birinchi bor 1975 yilda atmosferadan tashqi astronomiya usullari yordamida topilgan. Barsterlar rentgen manbalari hisoblanadi; ular nurlanishining fotonlari energiya 1 — 20 keV. Barsterlar chaqnashning qaytarilishi davri bir necha soatdan to bir necha kungacha bo’lgan oraliqda. Chaqnashlar orasidagi vaqt oralig’i 30 — 50% gacha asta o’zgarib turadi. Chaqnashlar vaqtidagi nurlanish energiyasi ular oralig’ida tarqaladigan nurlanish energiyasidan taxminan 100 marta kam. Hozirgacha 50 dan ortiq Barsterlar batafsil o’rganib chiqilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Barsterlar massasi Quyosh massasiga yaqin bo’lgan neytron yulduz bo’lib, uning atrofida akkretsiya hodisasi sodir bo’lmoqda. Bunday hodisa qo’shaloq yulduzlarda yuz berib, oddiy qo’shni yulduzdan neytron yulduzga massa oqimi jarayoni bilan bog’liq. Natijada neytron yulduz yaqinida qalinligi bir necha o’n metr bo’lgan akkresion disk vujudga keladi. Akkretsiya jarayonida disk harorati oshib borib, uning qiymati 3-108 K ga yetishi bilan qisqa vaqt ichida geliy moddasining yonishi yuz beradi va bu rentgen chaqnashini ko’rsatadi. Demak, Barsterlarning chaqnash mexanizmi termoyadro portlashi bilan tushuntirilishi lozim. Chaqnashdan so’ng akkresion diskda massasi 1015 tonna geliy yig’ilishi bilan u bir necha sekundda yonib, yerda yana rentgen chaqnashi kuzatiladi. Ad.: Nuritdinov S. N., Galaktika tuzilishi va fizikasi, T., 1996.