Batalon

Batalon (fransuzcha bataillon, italyancha battaglione, battaglia-otryad so’zining ko’pligi)-quruqlikdagi, havo-desant va dengiz piyodalari piyodalari qo’shinlaridagi asosiy taktik harbiy bo’linma; motoo’qchi (piyoda, motoo’qchi), tank, dengiz piyodalari, aloqa, avtomobil va boshqalar Batalonlar bo’ladi. Odatda, polk (brigade) tarkibiga kiradi yoxud qo’shilma (birlashma)dagi alohida harbiy qism bo’lishi mumkin. 3-4 rota va boshqa bo’linmalardan tarkib topadi.