Batisfera

Batisfera (yunoncha batis — chuqurlik va sfera — shar) — dengizning chuqur yerlarida tadqiqot ishlari olib borishda ishlatiladigan silindr yoki sharsimon no`lat kamera. Suv tubiga kemadan sim arqon bilan tushiriladi. Kuzatuvchilar kema bilan telefon orqali aloqa qilib turadi. Hozirgi zamon batisferalarini suv ostiga 1500 metrgacha tushirish mumkin.