Batometr

Batometr (yunoncha batos — chuqurlik, metreo — o`lchayman) — suvning kimyoviy tarkibini va haroratini aniqlash maqsadida dengiz, ko`l va daryolarning turli chuqurligidan namuna oladigan asbob.