BAUER
BAUER (Bauer) Bruno (1809.6.9, Eyzenberg — 1882.13.4, Riksdorf) — nemis faylasufi, ilk xristianlikling tadqiqotchisi. Insonning maqsadi koinotning botiniy mohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat, uning axloq-odobi ham ayni shu maqsad bilan belgilanishi zarur, deb hisoblagan. Uning fikricha, dunyo asosida «o’z-o’zini anglash» yotadi. Bauer inson ongini ilohiylashtiradi va tarixni harakatga keltiruvchi kuch aqliy faoliyat, deb hisoblaydi. Asosiy asarlari: «Ioann injilining tanqidi» (1840), «Sinoptik Injillar tanqidi», 1 — 3-jild (1841 — 42).