BAXT

BAXT — ma’naviy-axloqiy tushuncha. Kishi o’z faoliyati natijalaridan, hayotda qo’lga kiritgan yutuqlaridan to’la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo’ladi. Baxt qadimgi davrda evdemonizm falsafasining asosiy tushunchasi bo’lgan. Uning vakillari Baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar intiladigan masrurlikka erishilgan holatning, shodxurram bo’lishning eng oliy ko’rinishi sifatida qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Sa’diy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu muhim o’rin egallagan. Zamonaviy o’zbek adabiyotida ham bu mavzuga katta e’tibor berilmoqda. Baxt nisbiy tushuncha, mutlaq Baxt yo’q. Baxtni qanday ma’noda tushunish shaxsning ijtimoiy o’rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog’liq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi bilan uzviy bog’liq. Chinakam Baxtli bo’lish uchun har bir shaxs erkin, teng, o’z iste’dod va qat’iyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo’lmog’i zarur. Shuningdek, Baxtga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada o’z o’rnini topgan, burch va mas’uliyatni anglagan bo’lishi lozim. Odam o’z ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xatti-harakati, xulqi, aql-zakovati bilan Baxtli bo’lish uchun nntilishi va kurashishi kerak. Inson o’z taqdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uyg’unlashtirgandagina to’la Baxtli bo’lishi mumkin.

BAXT (1964 yilgacha Velikoalskseevskaya) — Sirdaryo viloyatiyaagm shahar (1980 yildan). Viloyatning shimoli-sharqida. Aholisi 10 ming kishi (2000). Toshkent — Xovos temir yo’l hamda katta O’zbekiston trakti (Toshkent — Termiz avtomobil yo’li) yoqasida. Toshkentdan 95 kilometr Janubi-g’arbda. Baxtda paxta tozalash, non zavodlari, qandolatchilik, yaxna ichimliklar tsexlari, ishlab chiqarish tijorat firmasi, 3 umumiy ta’lim maktabi, kechki ta’lim maktabi, bolalar va o’smirlar markazi, o’quvchilar ijodiy uyi, Markaziy kasalxona, ambulatoriya, madaniyat uyi, 2 kutubxona bor.