BAYBAK
BAYBAK, cho’l sug’uri (Marmota bobac) — sug’urlar urug’iga mansub sut emizuvchi hayvon. Tyinsimonlar oilasiga kiradi. Tanasining uzunligi 60 santimetrgacha, dumi 15 santimetrgacha, og’irligi 6,5 kilogramgacha. Rossiya, Ukraina va shim. Qozog’iston cho’llarida tarqalgan. Tuproqda qazilgan inlarida oila bo’lib yashaydi. Ertalab va kechqurun faol hayot kechiradi. Qishda 6 oy uyquga ketadi. Soni kamayib ketganligi tufayli muhofaza qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- BAYDARA VODIYSI
- BAYDARATA QO’LTIQCHASI
- BAYDARKA
- BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH
- BAYER ADOLF
- BAYHAQIY ABULFAZL MUHAMMAD IBN HUSAYN AL-KOTIB
- BAYHAQIY ZAHIRIDDIN ABULHASAN ALI IBN ZAYD
- BAYIR







