BAYKAL

BAYKAL (turkiycha Boyko’l) — Sharqiy Sibirning Janubdagi chuchuk suvli ko’l. 456 metr balandlikda joylashgan, tog’lar bilan o’ralgan. Maydoni 31,5 ming kilometr kvadrat. Uzunligi 636 kilometr, o’rtacha eni 48 kilometr. Baykal dunyodagi eng chuqur (1620 metrgacha) ko’l. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Baykalga 336 daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Ko’lda 27 orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan bo’shaydi. Baykalda qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yog’och tashiladi. Baykal sohilida Slyudyanka, Baykalsk shaharlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir bo’limining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 -1318) asarida Barko’jin yoki Barko’jin-to’kum deyilgan.