BAYYERA

BAYYERA (Baiera) — ginkgodoshlar oilasiga mansub qadimgi o’simliklar turkumi. Bargi dixotom tomirli, yarim to’garak yoki keng pona shaklida, asosigacha ayri shoxlanib, bir necha marta bo’lingan. Bargining ustki va ostki epidermis hujayralari va barg (og’izcha)lari har xil tuzilgan. Bayyera bargining bo’linishi va tomirlanishiga binoan turlarga ajratiladi. 20 ga yaqin turi ma’lum, shundan 3 tasi O’zbekistonning Farg’ona vodiysida o’sganligi isbotlangan. Qolgan turlari yer sharining shimoliy yarmidagi deyarli hamma davlatlarning yura, bo’r qatlamidan topilgan.