Bazalt

Bazalt — vulkan tog’ jinsi. Rangi boz va qoramtir. Bazalt lavalari yer yuziga oqib chiqib yuzlarcha va hatto minglarcha kv. km maydonni egallaydi (masalan, Orta Sibir yassi togligi, Zakavkaze). Bazalt kislotaga chidamli kimyoviy asboblar, trubalar, elektroizolyatorlar yasashda hamda qurilish materiallari sifatida ishlatiladi. Yaxshi silliqlanishi tufayli haykaltaroshlikda ham keng ishlatiladi. Kamchatka, Zabaykale, Armaniston, Ukrainada va ‘Ozbekistonning Qurama, Turkiston, Tomdi tog'lari (paleozoy qatlamlari)da bor.