BAZILIKA

BAZILIKA (Yunoncha basilike — shohona bino) — tarh (plan)da cho’ziq to’g’ri to’rtburchak shaklidagi katta mahobatli bino. Ichki qismi qator ustunlar bilan uzunasiga ketgan bir necha (asosan 3 yoki 5) qism (NEF)larga bo’lingan. O’rtadagi qism Bazilikaning asosiy xonasi hisoblanganligi tufayli yonidagilardan balandroq va kengroq bo’lgan, tepasidan darchalari orqali ichkari yoritilgan. Qadimgi Rimdagi Bazilikalardan sud va savdo idorasi sifatida foydalanilgan, keyinchalik dastlabki xristian ibodatxonalarining asosiy turi bo’lgan.