BAZIS NARX
BAZIS NARX — 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xo’jaligi ko’rsatkichlari (masalan, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti va boshqalar) dagi o’zgarishlarni, indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. Turli yillarda narxlar o’zgarib turgani uchun mazkur ko’rsatkichlar dinamikasini narxlarga qarab hisoblab bo’lmagan, shu sababli hisobkitob hamda rejalashtirish ishlarida Bazis narx qo’llanilgan; 2) sifat ko’rsatkichlari aniq bo’lgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi. Haqiqiy narxlarga nisbatan o’rta mezon vazifasini bajaradi. Sifati belgilangan (bazis) ko’rsatkichlarda farq qiladigan tovarlar yetkazib berilganda narx darajasi tovar sifati Bazis narxga ustamalar yoki tashlamalar yordamida belgilanadi.