BAZUDIN
BAZUDIN, diazinon—o’simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy modda; insektisid. O’simliklarga o’sish davrida purkash uchun 60% li emulsiyalanuvchi kontsentrat, urug’likni ekishdan oldin upalash uchun 40% li ho’llanadigan kukun, 30% li kukun, ekish paytida solinadigan 5% va 10% li donador preparat holida ishlab chiqariladi. Bug’doy, qand lavlagi, beda, makkajo’xori, sabzavot ekinlari va boshqalarning so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari (to’plamlar, shira, o’rgimchakkana va boshqalar) ga qarshi qo’llaniladi. Ta’siri 45 kundan ortiq saqlanadi.