BEKETOV NIKOLAY NIKOLAYEVICH
BEKETOV NIKOLAY NIKOLAYEVICH [1827.1 (13).1 — 1911.30.11 (13.12)] — Rossiyada fizik-kimyogarlar maktabining asoschisi. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1886). Metall oksidlaridan metallarning qaytarilish usulini kashf etib, alyumotermiyaga asos solgan. Metall tuzlari eritmalaridan ularning bosim ostida vodorod bilan siqib chiqarilishini aniqlagan. Rossiyada ilk bor termokimyoviy laboratoriya tashkil etgan. Benzureid va atsetureidni sintez qilgan (1852), birinchi bo’lib ishqoriy metallarning suvsiz oksidlarini olgan (1870).