BEKJONOV RAHIM BEKJONOVICH

BEKJONOV RAHIM BEKJONOVICH (1930.5.3, Chimkent — 2000.23.2, Toshkent) — fizik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), fizika-matematika, fanlari doktori (1966), professor (1968). O’rta Osiyo davlat untini tugatgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida ishlagan (1952 — 54), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1958 yildan). Bekjonov neytronlar oqimining energiya taqsimoti va issiqlik neytronlarining moddalar b-n to’qnashish ko’ndalang kesimini, ko’p yadrolar uchun konversion elektronlar va gamma nurlar spektrlari hamda yadroning qo’zg’atilgan holatda yashash vaqtini, magnit momentlarini, yadroning yuqori energetik sathtari kengligi va gammanurlar tabiatini aniqlagan; yadro holatlarining yashash vaqtlarini o’lchashning yangi uslublarini kashf etgan. Bekjonov oliy o’quv yurtlari va o’rta maktablar uchun o’quv qo’llanmalari va darsliklar, fizikadan ruscha-o’zbekcha lugatlar muallifi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). As: Razvitie yadernoy spektroskopii v O’zbekistone, T., 1993; O’zbekiston yadro fizikasi tarixi, T., 1994; atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; modda tuzilishi, T., 1997.