Beklarbegi

Beklarbegi-O’rta Osiyo mavjud bo’lgan yuqori ma’muriy unvon va lavozim. Viloyat, katta shahar hokimlari ana shu unvonga ega bo’lishgan. Bu unvon ko’chmanchi xalqlar orasida ko’p ishlatilgan. Beklarbegi lavozimi O’rta Osiyo XIX asr oxirigacha saqlangan. Beklarbegining asosiy vazifasi soliq va turli boshqa feodal majburiyatlarining o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, xon farmonlarini amalga oshirish, tegishli masalalarni biy, otaliqlar, oqsoqollar kengashi bilan kelishib hal etishdan iborat bo’lgan. Beklarbegilar qo’l ostidagi viloyatlarda alohida vazir, shayxulislom, sadr, jonishin (beklarbegining muovini) kabi mansabdorlar ham bo’lib, ular bevosita beklarbegiga bo’ysungnlar.