BEKVORDEYSHN

BEKVORDEYSHN (inglizcha backwardation) — naqs tovarlar narxi muddati kelishilgan tovarlar narxiga, tez fursatda yetkazib beriladigan tovarlar narxlari kechikibroq yetkazib beriladigan tovarlar narxiga nisbatan qimmatroq bo’lgan holat (kontangoning aksi). Masalan, Fevralda (1 tonna uchun dollar) naqd bug’doy 300, mart oyida yetkazib berilganda— 290, may oyida—280, iyulda—270, avgustda—265, sentabrda—250, noyabrda 230 bo’lishi mumkin. Bozordagi narxlarning bunday nisbati, odatda, omborlarda tovarlarning yetishmasligi (hosil bo’lmaganligi, ish tashlashlar oqibati va boshqalar) bilan, kelgusida esa taklifning ortishiga ishonish (masalan, yangi hosil hisobiga) bilan bog’liq. Bu davrda bozor o’ta asabiyligi, narxlarning g’oyat pastbalandligi, chayqovchilikning kuchayishi bilan ajralib turadi.