BEKZODI

BEKZODI — o’rtapishar qovun navi. Shakli cho’ziq, uzunligi 30 — 40 santimetr, og’irligi 3 — 5 kilogramm. Po’sti qalinligi o’rtacha, sirti sal tilimtilim, tusi oqish-yashil, ba’zan sarg’ish-yashil, kam to’r. Eti 4-5 santimetr. Urug’i unib chiqqanidan so’ng 85-95 kunda pishadi, tarkibida 7,1—9,3% qand bor. Urug’xonasi o’rtacha. Hosildorligi 230 — 250 tsenner/gektar. Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog’istonda, qisman Farg’ona vodiysida ekiladi.