BENELYUKS

BENELYUKS — Yevropadagi uchta davlat – Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg boj iqtisodiy ittifoqining qisqartirilgan nomi. Ittifoq yagona bozor aylanmasi, ishchi kuchi, tovar, kapital, xizmat ko‗rsatishni uch davlatda erkin ko’chib yurishini, iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy faoliyatni uyg’unlashtirib turishni, tashqi siyosiy munosabatlarda bir butun bo’lib chiqishni nazarda tutadi. Qarorgohi Bryusel shahrida.